PSJ Messini tanishtirish uchun “Eyfel”ni ijaraga oldi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Lionel Messi transferini e’lon qilish uchun dunyoga mashhur “Eyfel” minorasini ijaraga olgan. Bu haqda “El Chiruingito” nashri xabar tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, Parij super klubi 10 avgust kuni Lionel Messi transferini rasman e’lon qiladi. Tanishtiruv marosimi “Eyfel” minorasida o‘tkaziladi.

Argentinalik futbolchining PSJga o‘tishi deyarli aniq, chunki 34 yoshli Messi yana bir yilga uzaytirish huquqi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. “Oltin to‘p”ning olti karra g‘olibi yangi klubida yiliga taxminan 50 mln yevro maosh olishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, fransuz klubi 2017 yilda Neymarni 222 million yevro evaziga sotib olgan va tanishtiruv marosimi “Eyfel” minorasida tashkil qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing