PSJ Messiga o‘rinbosar topdi
Sport
−
15 Oktabr 2022 12963 1 daqiqa
"Pari Sen-Jermen" klubi rahbarlari kelasi yozda "Atletiko Madrid"ning portugaliyalik hujumchisi Joau Feliksni hujumchi Lionel Messi o‘rniga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz klubi 22 yoshli portugaliyalik hujumchining transferiga qiziqish bildirmoqda. Parij granti rahbarlari Feliksni joriy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan argentinalik Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Yosh hujumchining transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Messining shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Ma’lumot o‘rnida, Joau 2019 yilda "matraschilar" lageriga ko‘chib o‘tgan. Uning transferi uchun madridliklar "Benfika"ga 127 million yevro to‘lagan.
Joriy mavsumda Feliks klub tarkibida Ispaniya chempionatida sakkizta uchrashuv o‘tkazib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
Barchasi