PSJ Messi va Ramos bilan yangi shartnoma imzolashga shoshmayapti

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi hujumchi Lionel Messi va himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirishni mavsum oxiriga qoldirdi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar moliyaviy feyr-pleyning buzilishi ehtimolini inobatga olib klubga nisabatan yangi sanksiyalar qo‘llanilishidan qo‘rqmoqda. Klubning har qanday yangi qoidabuzarligi 45 million yevro jarimaga olib kelishi mumkin.

PSJni Karlos Soler, Renatu Sanches, Xuan Bernat va Fabian Ruis kabi futbolchilar ham tark etishi ehtimoli bor, chunki ularning kelishuvlari yozda tugaydi. Bundan tashqari, PSJ Jorjinio Veynaldum, Keylor Navas va Leandro Paredes kabi futbolchilarni ijaraga olgan, klub ular bilan ham xayrlalish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Messi joriy mavsum Fransiya chempionatida umumiy 22 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va xuddi shuncha assist muallifiga aylandi. Ramos esa 24 ta o‘yinda 1 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ Ramos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing