PSJ Messi o‘rniga “Marsel” a’zosini sotib olishi mumkin

Sport

image

“Marsel”ning chililik hujumchisi Aleksis Sanches PSJda argentinalik hujumchi Lionel Messining o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda “El Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, PSJ vakillari allaqachon Sanches atrofidagilar bilan bog‘langan. Qayd etilishicha, Sanches “Marsel”da baxtli bo‘lsada, uning ambitsiyalari Parij klubi safiga ko‘chib o‘tishga ta’sir qilishi mumkin. Chililik hujumchining agenti futbolchining kelgusi faoliyatini muhokama qilish uchun dushanba kuni Fransiyaga yetib keldi.

Sanches “Marsel”da 2022 yildan beri to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda chililik futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ Messiga APLdan o‘rinbosar topgani ma’lum bo‘lgandi. Klub “Tottenxem” a’zosi Harri Keynni sotib olish uchun 100 million yevro berishga tayyor.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Aleksis Sanches “Marsel'”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing