PSJ Messi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi Lionel Messiga yangi shartnoma taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Loik Tanzi xabar bermoqda. 

Tanzining so‘zlariga ko‘ra, Parij klubining qatarlik xo‘jayinlari argentinalik futbolchiga ikki yil muddatga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Klub rahbariyati hujumchining Parij klubida o‘ynayotganidan mamnun. Tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar hali bo‘lmagan. Biroq ular Qatardagi Jahon chempionatidan keyin muzokaralarni boshlashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi joriy mavsumda PSJ safida barcha musobaqalar doirasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Fransiya chempionatining ortda qolgan 7 ta turidan so‘ng 19 ochko to‘plagan PSJ musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. Xuddi shuncha ochkoga ega “Marsel” Parij klubidan to‘plar nisbati borasida ortda qolmoqda, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing