PSJ Mbappega ultimatum qo‘yadi

Sport

image

PSJ klubi rahbariyati 18 iyul kuni Kilian Mbappe bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda Parij klubi boshliqlari futbolchiga nisbatan ultimatum qo‘yishni rejalashtirgan. Bu haqda Sports Zone xabar berdi.

Futbolchiga qo‘yiladigan talabga ko‘ra, u shu yozda PSJ bilan shartnomani uzaytirishi yoki boshqa jamoaga o‘tishi kerak.

Ammo PSJ futbolchining amaldagi shartnomasi bo‘yicha unga 350 million yevro sarflashni istamayapti. Kelasi yil Mbappe erkin agentga aylanadi.

Fransiya o‘z chempioni Mbappeni 200 million yevro va qo‘shimcha bonuslar evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Hozirda “Liverpul” va “Arsenal” Mbappe bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib bormoqda, biroq futbolchi faoliyatini APLda davom ettirish niyatida emas. Ispaniyaning “Real Madrid” klubi esa hamon unga asosiy da’vogar bo‘lib qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing