PSJ ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi

Sport

image
Bugun, 30 may kuni PSJ va “Arsenal” jamoalari o‘rtasida Chempionlar ligasi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan uchrashuvda parijliklar penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi bor musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Uyinning 6-daqiqasida “Arsenal” hujumchisi Kay Xavers hisobni ochib, londonliklarni oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda PSJ tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va 65-daqiqada Usmon Dembele penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham tomonlar ehtiyotkor harakat qildi va darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Natijada g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Penaltilar seriyasida PSJ 4:3 hisobida ustun kelib, Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa parijliklar ketma-ket ikkinchi mavsum Yevropaning eng nufuzli klublar turnirida zafar quchdi.

Maqola muallifi

Teglar

PSJ Chempionlar ligasi “Arsenal”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing