PSJ Qit’alararo kubok g‘olibi bo‘ldi
Sport
−
10:11 1194 1 daqiqa
Kecha, 17 dekabr kuni Qatarda futbol bo‘yicha Qit’alararo kubokning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hal qiluvchi bahsda Fransiyaning PSJ jamoasi Braziliyaning “Flamengo” klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochib, parijliklarni tanaffusga ustun holatda olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida italiyalik yarim himoyachi Jorjino penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt oxirigacha hisob o‘zgarmadi, qo‘shimcha bo‘limlarda ham jamoalar gol ura olmadi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.
Penaltilar seriyasida PSJ safida Usmon Dembele va Bredli Barkola o‘z zarbalaridan unumli foydalana olmadi, biroq parijliklarning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov raqib jamoaning besh penalti zarbasidan to‘rttasini qaytarib, hal qiluvchi rol o‘ynadi. Natijada Luis Enrike shogirdlari seriyada 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Qit’alararo kubok sohibiga aylandi.
Shu tariqa PSJ ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan tarixdagi ilk fransuz jamoasi bo‘ldi.
Live
Barchasi