PSJ  Dembele transferidan voz kechdi

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi shu yozda “Barselona” hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolamoqchi emas. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, dastlab Parij klubining rejalarida 26 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bor edi, biroq kelishuv yakunlanmadi. Endi parijliklar Dembele kelasi yozda jamoaga tekinga qo‘shilishini umid qilmoqda.

Dembelening “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Barselona” tarkibida u 3 marta Ispaniya chempioni, 2 marta mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Dembele o‘tgan mavsumda “Barselona” safida 35 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchining hisobida 8 ta gol va 9 ta golli uzatma bor. “Transfermarkt” portali hujumchini 60 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ Usmon Dembele

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing