PSJ bosh murabbiyi 3 yilga qamalishi mumkin

Sport

image

Kecha, 30 iyun kuni PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte irqchilik bilan bog‘liq ayblov asosida Nitssa politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u 3 yilga qamalishi mumkin.

Qayd etilishicha, Galte 2021-2022 yillarda “Nitssa”da ishlagan. Murabbiy o‘sha vaqtda klub sport direktori Jyulen Furnega “qora tanli va musulmon futbolchilar hozirgi vaziyatda jamoada ko‘p bo‘lmasligi kerak” degan ma’nodagi xabar yuborgan bo‘lishi ehtimoli bor.

Bu vaziyatda unga qarshi mazkur ayblovlar o‘z tasdig‘ini topsa, 56 yoshli mutaxassis mamlakat qonunchiligi asosida 3 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2022 yil yozida PSJga ustoz etib saylangan Galte 2022/2023 yilgi mavsumda jamoa bilan Fransiya chempionatida g‘alaba qozondi. Murabbiy PSJni Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga qadar olib bordi. 

Shuningdek, mavsum yakunida parijliklar Galte iste’fosini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ irqchilik Nitstsa Kristof Galt'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing