PSJ Alvaresni sotib olmoqchi
Sport
−
10:42 533 1 daqiqa
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi argentinalik hujumchi Xulian Alvares transferi uchun “Atletiko Madrid” bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda “El Chiringuito” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar portugaliyalik hujumchi Gonsalo Ramos bilan xayrlashib, uning transferidan tushadigan mablag‘ni argentinalik futbolchini xarid qilishga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Parij klubi tez orada dastlabki rasmiy taklifni yuborishi kutilmoqda.
Shuningdek, “Arsenal” ham ushbu hujumchini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda va transfer jarayonini boshlashga tayyor.
Manbaga ko‘ra, PSJ 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 150 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor.
Alvares “Atletiko” safida 2024 yil yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Alvaresning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Live
Barchasi