PSG 5 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

Sport

image

PSG sport direktori lavozimiga Luis Kampos tayinlangach, klub tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda “L'Equipe”   nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi Luis Kampos bilan 3 yillik shartnoma imzolagan va u Leonardoning o‘rniga sport direktori lavozimini egallagan.

Qayd etish joizki, Kampos yangi murabbiy va besh nafar o‘yinchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Ayni paytda Luis ikki futbolchini PSGga olib kelish borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Kampos PSGda fransuz futbolchilar sonini ko‘paytirmoqchi.

Bundan tashqari, yangi direktor bir nechta futbolchilarni sotishni niyat qilgan. Sotilishi kerak bo‘lgan futbolchilar orasida Leven Kurzava, Mauro Ikardi, Ander Errera, Idrissa Guye, Jorjinio Veynaldum va Leandro Paredes bor.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda PSG Fransiya chempionatida 38 ta uchrashuvdan 86 ochko to‘plagan holda, eng yaqin ta’qibchisi “Marsel”ni  15 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing