Pskov aeroportiga dron hujum qildi (video)

Olam

image

Bugun, 30 avgustga o‘tar kechasi Rossiyaning Pskov shahridagi harbiy-fuqarolik aerodromiga dronlar tomonidan hujum qilindi. Bu haqda Pskov viloyati gubernatori Mixail Vedernikov ma’lum qildi.

"Pskov aeroportidagi Mudofaa vazirligi dronlarning hujumini qaytarmoqda. Hujum boshidanoq men shaxsan voqea joyida bo‘ldim. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q", deb yozgan u o‘zining Telegram-kanalida.

Dron hujumidan so‘ng aeroportda yong‘in chiqqan. Qutqaruvchi Sergey Lavruxin yong‘in bostirilgani, uning tarqalish xavfi, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘qligini aytgan.

Keyinroq Vedernikov Pskov aeroportidagi barcha reyslarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qilgan. Agar tekshiruv natijalariga ko‘ra, hammasi joyida bo‘lsa, aeroport ertaga, 31 avgust kuni ishini davom ettiradi.

TASS xabariga ko‘ra, to‘rtta Il-76 harbiy-transport samolyoti shikastlangan. 

Mudofaa vazirligi Ryazan, Orlov, Bryansk, Kaluga va Moskva viloyatlarida, shuningdek, Sevastopol ko‘rfazida dron hujumlari haqida ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dron hujumi Pskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing