Propan gaz qimmatladi. Raqobat qo‘mitasi holatni o‘rganmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda propan gaz narxining keskin oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Propan narxi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rtacha 4800-5000 so‘mdan 6000-6200 so‘mgacha qimmatlashgani aytilmoqda. Bu birjada narxlar oshgani ortidan ro‘y bergan.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi holatni o‘z vakolatlari doirasida tovar-xomashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining quyilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.

Bildirilishicha, o‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

“Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul regulyatorga xabar yuborilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Raqobat qo'mitasi propan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made