Prokuror Yunusobodga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
24 yanvar 2022 10040 1 daqiqa
Toshkent shahar Yunusobod tumaniga Bahodir Abduvaliyev hokim etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bahodir Abduvaliyev 2019 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, u 1992 yildan hozirga qadar huquq-tartibot idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Abduvaliyev 1968 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1992 yilda Toshkent davlat universitetini( hozirgi O‘zMU), 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, hozir kunga qadar Yunusobod tumani hokimi lavozimida Jahongir Ibrohimov faoliyat yuritib kelgan.
Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga o‘tgan yilning yanvar oyida hokim etib tayinlangandi.
Live
Barchasi