Prokuror Shahrisabz tumaniga hokim etib tayinlandi

Jamiyat

image

Shahrisabz tumani hokimi Isroil Amanov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, bugun Xalq deputatlari Shahrisabz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlar talab darachasida emasligini ta’kidlab, fuqarolar murojaatlari, ta’lim tizimi, yo‘llar, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va eksport masalalariga umuman e’tibor qaratilmaganini tanqid qilgan.

Tumandagi 30 ta maktablarda isitish tizimi yo‘q, 6 tasi ta’mirtalab. Maktabgacha ta’limga qamrov 47 foiz. Eng achinarlisi prezident qarori bilan bugun viloyatdagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million so‘mdan naqd pul berilishi boshlangan edi. Ammo, ushbu tumanda 1040 nafar ehtiyojmand oila bo‘la turib, bugun ushbu xayrli ish amalga oshirilmadi. Sababi – mas’ullarda xisob-kitob bo‘lmagan.

Yuqoridagi bir qator kamchiliklardan kelib chiqib, sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rilgan:

Bugungacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Isroil Amanov vazifasidan ozod etildi va uning o‘rniga Muborak tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Hasanov Samad Ahatullayevich tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shahrisabz

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing