Prokuror qurilish sohasiga rahbar etib tayinlandi
Jamiyat
−
11 Sentabr
15558Kozim Nosirovich To‘laganov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Kozim To‘laganov bu lavozimga 2023 yil yanvar oyida tayinlangan edi. Endilikda u nodavlat-notijorat tashkilot shaklidagi Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi raisi etib tayinlandi.
Toshkent viloyati prokurori lavozimida ishlagan Sirojiddin Qarshiboyevich Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Eshquvvatov 2011-2014 yillarda Bosh prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Faoliyati davomida Andijon viloyati prokurori, Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan. Sirojiddin Eshquvvatov 1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida adliya katta maslahatchisi Sirojiddin Qarshiboyevich Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi