Prokuratura tizimida imi-jimida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

2020 yilning noyabr oyidan buyon Baxtiyor Basimovich Ahmedov Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Biroq bugun, 6 noyabr kuni yo‘q joydan viloyat prokuraturasining hamda Bosh prokuraturaning Telegram'dagi rasmiy kanalida “Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi D.Rahmatullayev tomonidan sayyor qabul tashkil qilindi” sarlavhasi ostida xabar e’lon qilindi.

QALAMPIR.UZ mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, joriy yilning 4 noyabr kuni Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan. 

“Ahmedov xozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov. 

Shuningdek, ushbu tayinlovga qadar viloyat prokurori Bahodir Ahmedovning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Doniyor Rahmatullayev Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 

Aytish joiz, Doniyor Rahmatullayev bugun, 6 noyabr kuni Navbahor tumanidagi “Sovungar” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil qilgan. Qabulda 12 nafar shaxslardan turli masalalar bo‘yicha murojaatlar tushgan. Murojaatlar asosan elektr ta’minoti, yo‘llarni ta’mirilash, moddiy yordam ajratish, ish haqi undirish va boshqa masalalarga taalluqli bo‘lib, ularning ijrosi nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonun bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgandi. Unga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Bosh prokuror taqdimiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tayinlov Prokuratura Baxtiyor Ahmedov Doniyor Rahmatullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing