Prokuratura tergovchisi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
27 fevral 2023
16138Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchi 9 ming dollar pora olish ayblovi bilan hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 26 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Ohangaron shahar prokuraturasi binosini qo‘riqlash xizmatini olib boruvchi qorovuli shahar prokuraturasi tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan fuqaro E.dan jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berish evaziga 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
27 fevral kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish), qo‘riqlash xizmati qorovuliga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 28- (Jinoyat ishtirokchilarining turlari) 211-(pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15