Prokuratura 4 yashar bola bog‘chada vafot etgani bo‘yicha ma’lumot berdi
Jamiyat
−
23 aprel 2022
41349Avvalroq, Andijonda maktabgacha ta’lim muassasasida 4 yoshli bola uxlayotgan vaqtida vafot etgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Oltinko‘l tuman prokuraturasi tomonidan 2017 yilning 30 avgust sanasida tug‘ilgan, voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi L.X. maktabgacha ta’lim tashkilotida kunduzgi uyqu vaqtida vafot etgani sabablarini aniqlash maqsadida unga nisbatan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijalari haqida ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 aprel kuni soat 14:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan oraliqdagi vaqtda Oltinko‘l tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli L.X. kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan o‘tgandi.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg‘otishganda bola o‘rnidan turmagan. Shundan so‘ng, darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan va bolaning vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Tashkilot hamshirasi esa ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi L.X.da hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmaganini aytgan.
LiveBarchasi