Para-dzyudo Gran-prisida O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 24 sentyabr kuni Toshkentdagi “Humo arena” sport majmuasida para-dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarda dunyoning 35 mamlakatidan 200 ga yaqin sportchi g‘oliblik va Tokioda o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi.

O‘zbekiston terma jamoasi mazkur Gran-prini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunladi. O‘zbekistonliklar musobaqa davomida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Ikkinchi o‘rin Eron terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, ozarbayjonlik para-dzyudochilar kuchli uchlikni yakunlab berdilar.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada para-dzyudo

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing