Professional ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish muddatlari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi тўғрисидаги nizom tasdiqlandi.

Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari asosida vazirliklar va idoralar tizimidagi professional ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Professional ta’lim muassasalarining kunduzgi, sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakllariga abituriyentlarni qabul qilish kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha aniqlanadi.

Hujjatlarni qabul qilish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

•    kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish har yili 1 iyuldan 20 iyulgacha (shu kuni ham);
•    kollejlar va texnikumlarga – har yili 10 avgustdan 10 sentyabrgacha (shu kuni ham).

Kasb-hunar maktablariga birinchi navbatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari qabul qilinadi.

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilar Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi va yo‘llanmasi asosida (har bir guruhga 15-20 nafar o‘quvchi) qabul qilinadi. 

Qarorga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Professional ta'lim

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar