Prigojinni o‘ldirmaslikka Putinni men ko‘ndirdim – Lukashenko 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojinni o‘ldirib yuborishga qaror qilganda uni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko to‘xtatib qolgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Aytilishicha, 24 iyun kuni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin harbiy kuch ishlatish orqali Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini nazorat ostiga olib, mamlakatda keskinlik yuzaga keltirgan vaqtda Putin uni o‘ldirib yuborishni buyurgan.

Biroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish, “Vagner” rahbari o‘ldirilgan taqdirda vaziyat izdan chiqib ketishi, jangchilar betartib ravishda hujum boshlashi mumkinligini aytib, Prigojinning hayotini saqlab qolgan.

“Men Putinga shoshilmaslikni taklif qildim. “Vagner” rahbari va uning komandirlari bilan gaplashishim, Prigojinning yo‘q qilinishi jangchilarining keng ko‘lamli qo‘zg‘oloniga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdim”, deydi Lukashenko.

Shuningdek, Lukashenko  Belarus armiyasi endilikda “Vagner” qo‘shinlari tajribasidan foydalanishi mumkinligini aytgan. Ular Kreml bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, endi Belarusda erkin harakatlana oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing