Prigojin isyoni Rossiyada naqd pulga talabni keskin oshirdi – Markaziy bank

Olam

image

Joriy yilning iyun oyida “Vagner” rahbari Yevgeniy Progojinning qurolli isyoni fonida Rossiyada naqd pulga bo‘lgan talab keskin oshgani va mamlakat aholisi banklardan 100 milliard rubl (1 milliard 105 million dollar) miqdoridagi naqd pul olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Markaziy bankining pul-kredit siyosati bo‘yicha hisobotida qayd etildi.

“Iyun oyida naqd pulga bo‘lgan talab ortib, 0,5 trillion rubl miqdorida likvidlikning (iqtisodiy operatsiyalarning tez va oson amalga oshishi) emissiyasiga olib keldi, shundan 0,1 trillion rubl 23-25 iyun kunlariga to‘g‘ri keldi. Muomaladagi naqd pul hajmining oshishi pul-kredit siyosatini yuritishda muammolarga olib kelmaydi. Likvidlik bilan bog‘liq emissiya Rossiya banki tomonidan banklar bilan operatsiyalarni amalga oshirish parametrlarini aniqlashda hisobga olinadi”, deyiladi hisobotda.

Markaziy bankning iyun oyi oxiri bo‘yicha taqdim etgan statistikasiga ko‘ra, 23 iyun kuni “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatini uning qo‘shinlari joylashgan lagerlarga zarba berishda ayblashi ortidan Rossiya ichida muomaladagi naqd pul miqdori 105,3 milliard rublga oshgan. Bu o‘tgan yilning 22-23 sentyabridan beri mamlakatda naqd pulga bo‘lgan talabning eng yuqori ko‘ratkichi hisoblanadi. Ayni o‘sha paytda Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qilinishidan keyingi dastlabki ikki kun ichida naqd pulga bo‘lgan talab mos ravishda 132,1 va 114,2 milliard rublga oshgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Prigojin isyoni naqd pulga talab

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing