Prigojin eng nufuzli yahudiylar qatoriga kirdi

Olam

image

Dunyodagi eng nufuzli yahudiylar ro‘yxati e’lon qilindi. Isroilning “The Jerusalem Post” gazetasining har yilgi reytingiga “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin ham kiritilgan

Qayd etish joizki, mazkur nashr har yili dunyodagi eng nufuzli 50 yahudiyning ro‘yxatini tuzadi. Rossiyalik tadbirkor mazkur reytingda “Postskript” belgisi bilan asosiy ro‘yxatdan tashqarida, ya’ni 52-o‘rinda qayd etilgan. 

Nashr Prigojin 2016 yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashish uchun “restoran imperiyasi va trol fabrikasini yaratgan”ini yozgan. Biroq, uning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi bilan bog‘liq faoliyati Prigojinga olamshumul shuhrat keltirgan.

Ta’kidlanishicha, 23 avgust kuni halok bo‘lgan 62 yoshli Prigojinning otasi yahudiy bo‘lgan va u Isroilga qaytish huquqiga ega edi.

Reytingning 2023 yildagi yetakchisi Amerikaning Open AI kompaniyasi rahbari Sem Altman bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken egalladi.

Ro‘yxatda rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich va Isroil do‘stlik jamg‘armasi prezidenti Yael Ekshteyn 22-o‘ringa qo‘yilib, ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi yahudiylar deb atalgan. Ro‘yxat mualliflarining ta’kidlashicha, sanksiyalarga qaramay, Abramovich “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralariga yordam beruvchi betaraf tomon sifatida parda ortida hal qiluvchi rol o‘ynagan”.

Bundan tashqari, reytingda Isroil Prezidenti Isxak Gersog 7-o‘rinni, Netanyaxuga qarshi harakat qilgani uchun ishdan olingan va ko‘p o‘tmay yana lavozimiga qaytarilgan Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant 9-o‘rinni, “Mossad” tashqi razvedka xizmati direktori David Barnea va AQSH Moliya vaziri Janet Yellen 10 va 11- o‘rinlarni, Quddusning Eski shaharidagi Al-Aqso masjidi hududiga borgan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir 23-o‘rinni, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida josuslikda ayblanib hibsga olingan “The Wall Street Journal” jurnalisti Evan Gershkovich 48-o‘rinni egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda dunyodagi eng nufuzli yahudiylar reytingida birinchi o‘rinni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy egallagandi. Biroq, u keyinchalik ikkinchi o‘ringa ko‘chirilib, yetakchilikni o‘sha paytdagi Isroil bosh vaziri Yair Lapid egallagandi. Bu yilgi ro‘yxatga esa na Zelenskiy na Lapid kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Vagner Bin'yamin Netan'yaxu Entoni Blinken Evgeniy Prigojin yahudiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made