Prezidentning joriy haftadagi ish grafigi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shuningdek, bugun Toshkent shahrini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taqdimot bo‘lishi kutilmoqda.

Hafta davomida:

  • Ertaga, 22 iyun kuni mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish; 
  • 23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot;
  • Tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor o‘tkaziladi.

Shu haftada Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing