Prezident Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zLiDeP qurultoyida ishtirok etadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining yangi haftadagi ish grafigi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 6 sentyabr kuni farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari taqdimoti, “1 million dasturchi” loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

9 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing