Prezidentning yangi haftadagi grafigi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugungi brifingda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berdi.

Bu haftada ham bir qator tadbirlar kun tartibiga kiritilgan. Bugun neft va gaz sohalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, hafta mobaynida Toshkent viloyatida ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda yo‘l bo‘ylarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha taqdimotlar rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat tadbirkorlari bilan ochiq muloqotiga ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

330

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing