Prezidentning ukasi qamoq jazosiga hukm qilindi

Olam

image

Kecha, 4 may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyning ukasi Huseyn Fereydun moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda ISNA agentligi xabar berdi.

Huseyn Fereydun 2017 yil 16 iyul kuni hibsga olingandi. U va yana bir qancha shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilib, surishtiruv olib borilayotgandi.

“Huseyn Fereydunga nisbatan qo‘yilgan ayrim ayblovlar sud jarayonida olib tashlandi. Biroq qolgan ayblovlar bo‘yicha u aybdor deb topilib, qamoq jazosiga hukm qilindi. Ammo sud qarori yakuniy bo‘lmagani uchun men tafsilotlarini aytishdan tiyilaman”, degan sud departamenti rahbari Hamid Rizo Husayni.

Huseyn Fereydun 2015 yilda Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda EIRning maxsus vakili bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Hasan Ruhoni Huseyn Fereydun

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing