Prezidentning kuyovi G‘azo bo‘yicha muzokaralarda qatnashishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning kuyovi va G‘azo bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan Jared Kushner kelasi hafta Isroilga borishi mumkin. Bu haqda bugun, 14 avgust kuni masaladan xabardor manbaga tayanib, “Reuters“ xabar berdi.

Kushnerning ehtimoliy tashrifi G‘azodagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Tramp ma’muriyati tomonidan taklif qilingan reja Isroil qo‘shinlarining G‘azodan bosqichma-bosqich chiqishi va HAMASning qurolsizlantirilishiga asoslangan.

Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS to‘liq qurolsizlantirilmaguncha G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqishga rozi emasligini bildirgan. HAMAS esa rejani qabul qilganini, ammo uni amalga oshirish Isroilning o‘z majburiyatlarini bajarishiga bog‘liqligini aytgan.

Tramp ma’muriyati vakillari hozirda rejani amalga oshirish muddatlari hamda Isroil qo‘shinlarining chiqishi masalalari bo‘yicha tomonlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvaloq 2025 yilning oktyabr oyida G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohilida o‘t ochish to‘xtatilganidan beri 1200 dan ortiq falastinlik Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing