Prezidentning qizi bo‘lish alohida imkoniyat emas - Saida Mirziyoyeva

Jamiyat

image

Bugun, 2 fevral kuni yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining taqdimoti o‘tkazilyapti. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi - fond vasiylik kengashi Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, o‘ziga bo‘layotgan tanqidlarga to‘xtaldi. U so‘zida tarixni yaxshi bilishi va u takrorlanmasligini aytdi.

“Men davlat lavozimida ishlaganimda va bugun yangi fondda ish boshlayotganimda turli tanqidiy o‘xshatishlarga uchradim. Imkoniyatdan foydalanib, sizlarni ishontirib, shuni aytmoqchimanki, men o‘zimdagi butun mas’uliyatni yaxshi tushunib turibman. Men otam olib borayotgan islohotlarda foydali bo‘lish uchun maksimal darajada harakat qilaman”, deydi Mirziyoyeva.

U so‘zida davom etib, tarixni bilish va undan xulosa chiqarganini aytib o‘tdi.

“Biz tarixni o‘rgandik, xatolarni ham. Ular bizni asl maqsaddan chalg‘itmasligi kerak. Bir narsani ayta olaman: Prezidentning qizi bo‘lish alohida imkoniyat emas, u javobgarlik. Men buni yaxshi anglayman. ”, dedi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarlari bo‘lib ishlab kelgan Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva joriy yilning 29 yanvar kuni iste’foga chiqdi. Ular faoliyatini nodavlat strukturada davom ettirishini ma’lum qildi.

Oradan ko‘p o‘tmay, 31 yanvar kuni Komiljon Allamjonov va Saida Mirziyoyeva endilikda faoliyatini yangi tashkil etilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondida davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

487

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing