Prezidentlikka da’vogar Inoyatov saylovda ovoz berdi
Jamiyat
−
09 iyul 2023 6304 1 daqiqa
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov saylovda ovoz berdi.
Ulug‘bek Inoyatov poytaxtning Shayxontohur tumanidagi 299-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida joylashgan 427-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, o‘z ovozini berdi.

U saylov uchastkasiga turmush o‘rtog‘i bilan borgan.
Ma’lumot o‘rnida, prezidentlikka nomzod Ulug‘bek Inoyatov 1962 yil 1 may kuni Toshkentda tug‘ilgan. U 2013-2018 yillarda Xalq ta’limi vaziri bo‘lgan. 2019 yildan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi lavozimida ish boshlagan.

Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr