Prezidentlikka da’vogar bo‘lgan senator Bayden ma’muriyatida ishlashi mumkin

Olam

image

AQSHning Vermont shtatidan senator Berni Sanders demokrat Jozef Baydenning ma’muriyatida Mehnat vaziri bo‘lishga tayyor ekanligini bildirdi. Sanders kecha, 11 noyabr kuni SNN efirida so‘zga chiqqanida, agar unga shunday taklif berilsa, albatta, rozi bo‘lishini ma’lum qilgan. 

"Men bu mamlakatda tahdid ostida bo‘lgan oilalarni himoya qilish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilmoqchiman. Senatda yoki Baydenning ma’muriyatida bo‘lishimning esa farqi yo‘q. Keling, bundan keyin nima bo‘lishini ko‘raylik", degan Sanders. 

Ma’lumot o‘rnida, Sanders Bayden bilan birga Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzodini ko‘rsatish uchun ariza topshirgan. 8 aprelda esa u saylovlar poygasidan chiqib ketgan. 

Shundan so‘ng Bayden demokratlardan prezidentlikka asosiy da’vogar bo‘lib qolgan. Sanders esa uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. 

Avvalroq, "Politico" gazetasi demokrat Bayden ma’muriyatida federal idoralarni boshqarishi kutilayotgan siyosatchilar ro‘yxatini e’lon qilgan. Nashr, xususan, Sanders Mehnat vaziri lavozimini egallashi mumkinligini ochiqlagan.  

Eslatib o‘tamiz, AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden kecha, 11 noyabr kuni Ron Klaynni Oq uy apparati rahbari etib tayinlagandi. Ron Klayn Baydenning sobiq maslahatchisi bo‘lgan

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

BERNI SANDERS

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar