Prezidentlikka da’vo qilgan uch kishi MSKning “chig‘irig‘i”dan o‘tolmadi

Olam

image

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Quruvchilar uyushmasi rahbari Talgat Yergaliyev, “O‘rolman“ uyushmasi nomzodi Xayrulla Gabjalilov va “Amaliy psixologiya” hududiy jamoat tashkiloti nomzodi Fotima Bizakovani ro‘yxatga olishdan bosh tortdi.

Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi nomzodlar talablarga javob bermaganini ma’lum qilgan.

MSKning tushuntirishicha, nomzodlardan Xayrulla Gabjalilov tug‘ilishi bo‘yicha Qozog‘iston fuqarosi emas va davlat xizmatida tajribasi yo‘q.

Prezident "kursi"siga da’vo qilganlardan yana biri Talgat Yergaliyev esa davlat xizmatida uch yarim yillik tajribaga ega. Prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kamida besh yillik davlat xizmati stajiga ega bo‘lish kerak.

Shuningdek, Fotima Bizakovaning ham davlat xizmatida tajribasi yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 20 noyabrga belgilangan. Qonunchilikka ko‘ra, nomzodlar respublika jamoat birlashmalari tomonidan ko‘rsatiladi. Saylovoldi tashviqoti 18 noyabrgacha davom etadi. Sukunat kuni 19 noyabr bo‘ladi. 12 oktyabr kuni Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi respublika prezidentligi uchun kurashmoqchi bo‘lganlardan arizalarni qabul qilishni yakunladi. Jami 12 ta shaxs prezidentlikka nomzod sifatida qayd etildi. Nomzodlarni ko‘rsatish 23 sentyabrda boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing