Prezidentlikdan ketgan Poroshenko Hukumatni boshqarmoqchi

Olam

image

Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat hukumatini boshqarishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumki, yaqinda Ukraina parlamenti uchun navbatdan tashqari saylovlar o‘tkaziladi. Poroshenko ushbu saylovlarda "Yevropa birdamligi" partiyasi g‘alaba qozonsa, Bosh vazir vazifalarini bajarishga tayyor ekanligini bildirgan. Bu haqda "Lenta" nashri xabar tarqatdi.

"Agar saylovlarda g‘alaba qozonsak, ha!", deb javob bergan Poroshenko "Ukraina bosh vaziri bo‘lish ehtimolini keo‘rib chiqayapsizmi?" deb berilgan savolga.

Ma’lumot uchun, sobiq prezident may oyining boshlarida nega siyosatdan keta olmasligiga tushintirish bergan edi. O‘shanda u o‘z pozitsiyasi ega ekanligi va “zabt etilgan davlatni himoya qilish” uchun ham siyosatda qolishini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Poroshenko Ukrainaning Yevropa ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lish fikridan voz kechishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas. Ukraina Oliy Radasiga saylovlar 21 iyul kuni o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pyotr Poroshenko Oliy Rada

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing