Prezidentlardan biri vaksina evaziga neft taklif qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro koronavirus infeksiyasiga qarshi uchun pulni neft ta’minoti bilan to‘lashni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelada COVAX mexanizmi orqali vaksinani olishning bir necha yo‘li mavjud. Jumladan, mamlakatdan “o‘g‘irlangan” pul yordamida yoki neftni giyohvand moddalarga almashtirish orqali.

Ma’lumot uchun, Venesuela haligacha AQSH sanksiyalari ostida qolmoqda. Mamlakt portlaridan neft eksport qiladigan barcha tankerlar, shuningdek kemalarga egalik qiluvchi kompaniyalar cheklovlarga duch kelishi mumkin. Ularga Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish va ushbu mamlakatda hisob raqamlari ochish taqiqlanadi.

Avvalroq vitse-prezident Delsi Rodrigez mamlakatning xorijiy banklardagi hisob raqamlarida qariyb 7 milliard dollar borligini, ularning bir qismiga vaksinalar sotib olish rejalashtirilganini aytgandi. Shuningdek, Rodrigez Venesuela nojo‘ya ta’sirlar haqidagi xabarlar tufayli AstraZeneca vaksinasini ma’qullamasligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing