Prezidentlar va birinchi xonimlar uchrashuvi o‘tkazildi
Jamiyat
−
19 aprel 2019
10480Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan kecha, 18 aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
Avval xabar qilinganidek, bugun, 19 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston va Janubiy Koreya rasmiy delegatsiyasi a’zolari, O‘zbekistondagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi, mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning rafiqasi, mamlakat birinchi xonimi Kim Chjon Suk ham “Ko‘ksaroy” qarorgohida uchrashdilar.