Navoiyda internet orqali terroristik materiallarni tarqatganlar aniqlandi
Jamiyat
−
08 aprel 2020
10123O‘zbekistonda karantin e’lon qilingach, uning chorasi sifati o‘laroq barcha uyda o‘tirishi, zarurat tug‘ilmasa, ko‘chaga chiqmasligi talab etildi. Bundan kimdir unumli foydalanyapti, yana kimdir esa boshqa maqsadda.
Navoiy viloyatining Navoiy shahrida 1998 yilda tug‘ilgan, shaharning “Xoncharbog‘” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Y.Sh. “Odnoklassniki.ru” sahifasida ism-sharifini o‘zgartirib, profil ochadi va turli xil diniy saytlarlarga kirishni boshlaydi. Ikki nafar farzandning otasi, qilayotgan ishining mohiyatiga e’tibor qaratmaydi.
U aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, tarqatish va xorijdan olib kirish ta’qiqlangan, “Katibatul imom al-Buxariy” terroristik tashkilotining g‘oyaviy rahnomalaridan hisoblangan “Abdulloh Buxoriy”ga tegishli bo‘lgan ma’ruzalarni telefoniga yuklab oladi. Ularni virtual do‘stlariga tarqatgan holda, diniy targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham amalga oshiradi.
Shuningdek, DXX viloyati boshqarmasi va Navoiy viloyati IIB TvaEQKB xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar davomida, 1990 yil Qiziltepa tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, uylanmagan, ayni paytda tumandagi “Rabot” MFYda istiqomat qiluvchi K.Z ham ana shunday ishlarga o‘ralashib qoladi.
U ham “Odnoklassniki.ru” sahifasidagi shaxsiy profilida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzimini Konstitutsiyaga xilof ravishda o‘zgartirishga xizmat qiladigan, xususan, “Mahmud Abdulmo‘min O'zbekiston haqida mp4” nomli faylda “Mahmud Abdulmo‘min”ga tegishli bo‘lgan videomateriallarni virtual do‘stlariga tarqatadi. K.Z salbiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi