Prezidentga o‘z orzularini aytgan qiz Rossiyada davolanib, qaytdi
Jamiyat
−
05 iyul 2021
3951Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga tashrifi davomida davlat rahbari bilan suhbatlashib, unga o‘z orzularini aytgan namanganlik Sabina Insofaliyeva Rossiyada davolanayotgani haqida xabar bergan edik.
Joriy yilning 3 iyul kuni Sabina Insofaliyeva jarroxlik muolajalarini ijobiy yakunlab, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda IIV Yo‘l harkati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sabina Insofaliyevani IIV YHXBB va Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari kutib oldi. U shifoxonaga olib kelindi.
Xabarga ko‘ra, Insofaliyevaning muolajasi bir oy davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, Sabina Insofaliyeva davlat rahbarining Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga tashrifi davomida u bilan suhbatlashib, Yo‘l-patrul xizmati xodimi bo‘lish orsuzida ekanini aytgandi.
Shundan so‘ng Prezidentning topshirig‘iga asosan Sabina Insofaliyevaga 2021 yil 15 may kuni Yo‘l harakati xavafsizligi bosh boshqarmasi rahbari tomonidan tantanali ravishda xizmat formasi va tegishli xujjatlar berilib, a’zolikka qabul qilingandi.
LiveBarchasi