Prezidentdan “hayfsan” olgan Abdullayev o‘rniga Sidiqov tayinlandi
Jamiyat
−
11 mart 2023 16354 1 daqiqa
Bahodirjon Sidiqov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi nashri xabar berdi.
U bungacha:
- 2009−2010 yillarda va 2017 yilda “Neftegazinvest” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori;
- 2017−2018 yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ raisi o‘rinbosari;
- 2018−2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri;
- 2019-2020 yil “O‘zbekneftgaz” AJ raisi lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Bahodirjon Sidiqov Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida "Yoshlik" konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha byurosi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
“O‘zbekneftgaz”ni esa 2020 yilning yanvaridan buyon Mehriddin Abdullayev boshqarib kelgan.
2022 yilning 15 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi energetik inqiroz sabab Abdullayevga “hayfsan” berildi.
2023 yilning 16 yanvar kunt Prezident raisligida o‘tgan navbatdagi selektorda Mehriddin Abdullayev lavozimidan ozod etilib, unga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
2023 yil mart oyi boshida imzolangan prezident qaroriga asosan, 31 ta yirik davlat korxonasi, xususan “O‘zbekneftgaz”ning davlat aksiya paketlari bo‘yicha aksiyadorlik funksiyasi Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga o‘tkazildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025