“Zapravka”lardagi sharoitni tanqid qilgandan so‘ng qamalgan haydovchi qayerda?

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkentda “zapravka”lardagi sharoitni tanqid qilgan fuqaro 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik, ammo huquqbuzar deb topilgan G‘.D. “panelniy” (maxsus qabulxona)da emas, balki Toshkent shahar IIBB tergov hibsxonasiga olib ketilgani aytilmoqda. Bu haqda Inson huquqlari faoli, "Ezgulik" jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Tashanovning yozishicha, Bektemir tuman sudi tomonidan 15 sutkaga qamalgan G‘.D. so‘roq uchun 27 dekabr kuni Toshkent shahar IIBBga olib ketilgan va advokatning u bilan uchrashishiga ruxsat berilmagan.

“Bugun uning advokati Adham aka bilan "panelniy"dagi saqlov izolyatoriga bordik. Navbatchining aytishicha, u Toshkent shahar IIBBda saqlanmoqda. Ayni paytda Toshkent shahar IIBBning navbatchilik qismi dam olish kuni bo‘lgani bois u bilan uchrashuvimizga ruxsat berishmadi”, deb yozadi Tashanov. 

Sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tayotgan shaxsni nega so‘roqqa olib ketilgani va u yerda ushlab turishganining sababi tushuntirilmagan, shuningdek, hozircha 3 nafar ko‘ngilli advokatda uni himoya qilishga order bor. 

Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi. Mulozim huquqbuzar G‘.D.ning Toshkent shahar IIBB tergov hibsxonasiga olib ketilganini tasdiqlamagan bo‘lsa ham, buni inkor ham etmadi. Unga ko‘ra, kerak vaqtda  “zona”da o‘tirganlarni ham IIBga chaqirish mumkin va yuqoridagi holat sodir bo‘lgan taqdirda ham bunda hech qanday qonunbuzarlik holati mavjud emas.

“U 15 sutkaga qamalgan bo‘lsa ham boshqa bir voqeaga guvoh bo‘lishi yoki aloqador bo‘lishi mumkin. Bunday holatda qachon 15 sutka o‘tirasan, deb kutib o‘tirish kerakmi?” deydi G‘iyosov savolga savol bilan.

Matbuot kotibiga ko‘ra, qamoqxonadan tergovga olib ketilganini so‘rashning o‘zi noto‘g‘ri. Chunki tergov-surishtiruv ishlariga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing