Prezident Japarov o‘g‘li bilan jurnalistlar ko‘z oldida emlandi (video)

Olam

Bugun, 23 iyul kuni “Bishkek Park” savdo majmuasida joylashgan emlash markazida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda.

Qayd etilishicha, jarayonga ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan. Ular Prezident Japarovga Xitoyning “Sinopharm” preparati yuborilishining guvohi bo‘lgan.

“Videolavhaga ko‘ra, Prezidentga vaksina yuborgan hamshira qo‘lqopda edi. Biroq mamlakat Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Olimqodir Beyshenaliyev vaksina olganida hamshira qo‘lqopda emasdi”, deya yozadi “Kaktusmedia”.

Davlat rahbari ommaviy axborot vositalariga hozirda Qirg‘izistonda qancha vaksina borligini aytib, barchani emlash markazlariga kelishga chaqirgan. Qayd etilishicha, vaksinani Sadir Japarovning o‘g‘li Rustam ham olgan.

Xabarga ko‘ra, Prezident emlash markazini tark etayotganida mahalliy ayollardan biri Japarovdan birga rasmga tushishni so‘ragan. Davlat rahbari ham bundan bosh tortmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev hamda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan. Qayd etish kerakki, Vladimir Putinning o‘zi ham ushbu vaksinani olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing