Prezident yerning boshlang‘ich narxini chegirma bilan sotish bo‘yicha taklif berdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 8 aprel kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, mutasaddi tashkilotlarga yengil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, ularni auksion orqali joylashtirish tartibini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalarining boshlang‘ich narxini 50 foizgacha chegirma bilan sotuvga qo‘yish vakolatini mahalliy kengashlarga berish taklifi bildirilgan. Bundan tashqari, unumdorligi past bo‘lgan va foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarida ham kichik sanoat zonalari tashkil etish mumkinligi aytilgan.

Qayd etilishicha, biznes barqarorligi uchun infratuzilma suv va havodek zarur. Lekin joylarda bu borada kamchiliklar borligi tadbirkorlik rivojiga to‘siq bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing