Prezident yordamchisi kotibiyatiga mudir tayinlandi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2023 14054 1 daqiqa
Dilnoza Murodovna Ziyomuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident farmoyishiga muvofiq, Dilnoza Ziyomuhamedova Prezident yordamchisi kotibiyatiga mudir lavozimiga tayinlangan.
U mazkur tayinlovga qadar Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparati Ommaviy axborot vositalari, televideniye va matbuotni rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ziyomuhamedova 2023 yil avgust oyida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Prezident Administratsiyasining yangi tarkibi tasdiqlangandi.
Live
Barchasi