Prezident yangi agentlikka direktor tayinladi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2019
6562O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorini tayinladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Sarvar Nadjimovich Babaxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan, Sarvar Babaxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Sarvar Nadjimovich Babaxo‘jayevga kelgusi faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaydi.
Eslatib o‘tamiz, yangi agentlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tashkil etilgan edi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar Agentlikning idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazildi:
• Prezident maktablari;
• ijod maktablari;
• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
Avvalroq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi