Prezident yaqin yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslikka ko‘rsatma berdi

Jamiyat

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati raisi Ulug‘bek Mustafoyev aytib o‘tdi.

“Prezidentimiz 2021-2022 yillarda elektr energiyasi tariflarini oshirmaslikni bosh masala qilib qo‘ydilar. Buning uchun qator vazifalar qo‘ydilar”, dedi u.

Uning ta’kidlashicha, energiya tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish tariflarni oshirish orqali emas, balki ishlab chiqarishda kektadigan xarajatlarni, ya’ni tannarxni pasaytirish hisobiga amalga oshiriladi.

Kecha, 26 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotlarni jahon standartlari asosida tayyorlash tizimiga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing