Prezident va hukumat hujjatlari bilan tuzilgan 29 ta kollegial organ tugatiladi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
5752O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga 29 ta tashkilot kiritilgan.
Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birga 2020 yil 1 martga qadar mazkur qarorning 3-ilovasini amalga oshirishga qaratilgan tegishli tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlashi va bunda quyidagilarni nazarda tutishi belgilandi:
- tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va o‘rganish;
- o‘tkazilgan xatlov va o‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning dolzarb vakolatlarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga o‘tkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.
LiveBarchasi