Prezident uch nafar jadidni orden bilan mukofotladi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2020
12913O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar bayrami arafasida xalqning ozodligi va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan uch nafar jadidni orden bilan mukofotladi.
Bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga muvofiq, Abdulla Avloniy (1878−1934), Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875−1919) va Munavvarqori Abdurashidxonov (1878−1931) “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma’lum qilindi.
Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta’kidladi.
“Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
LiveBarchasi