Prezident To‘qayevni referendum muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi
Jamiyat
−
06 iyun 2022
3212Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qayd etilishicha, Prezident Mirziyoyev To‘qayevni muhim siyosiy tadbir – mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umummilliy referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlagan.
“O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.
Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy, fan-ta’lim va madaniy-gumanitar hamkorlik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin va samarali muloqotni davom ettirish istiqbollari muhokama qilingan.
LiveBarchasi