Prezident topshirig‘i: Toshloq tumani hokimi va soliqboshisi ishdan olinadi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida viloyat va tumanlar hokimlari, soha va tarmoqlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Toshloq tumani hokimi va soliq boshqarmasi boshlig‘ini vazifasidan ozod etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Yig‘ilishda uy-joylar qurish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Farg‘ona tajribasi asosida "loyihalar fabrikasi"ni keng rivojlantirish, IT markazlarda o‘quv kurslari tashkil etib,  yiliga 262 mingdan ziyod yoshlar o‘qitish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, iqtisodiyot tarmoqlari mutasaddilari, hokimlar hisoboti eshitildi. 


Maqola muallifi

Teglar

hokim Toshloq

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing